
Xaverts va Sancho MYuda birga o‘ynaydi
Germaniya Bundesligasining ikki yosh yulduzi – Jeydon Sancho va Kay Xaverts ko‘rsatayotgan o‘yin grand klublarni ularga yanada kuchliroq bog‘lamoqda.
“Manchester Yunayted”yozgi transferlar vaqtida Kay Xavertsni olishni asosiy maqsad qilib belgiladi. MYu futbolchi uchun 50 million evro taklif qilmoqchi. Manchesterliklar Xaverts atrofida yangi jamoa shakllantirmoqchi.
Shuningdek, Sulsher Jeydon Sanchodan ham voz kechgani yo‘q. Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgani aytilmoqda. Agar rejalar amalga oshsa, “Manchester Yunayted” kelasi mavsumda Sancho - Xaverts juftligini maydonga tushiradi.
Bu ikki futbolchining statistikasi ham hayratlarnarli darajada. Xaerts joriy mavsumda “Bayer” tarkibida 38 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi. Sancho esa 39 ta o‘yinda 20 ta gol urib, 19 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar