
MYu Darmianni "A" Seriyaga qaytarib beradi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian Italiya "A" Seriyasiga qaytadi.
29 yoshli futbolchini "Parma" klubi 1,5 mln evroga xarid qiladi.
Futbolchi "Parma" bilan 2+1 ko‘rinishidagi bitimga imzo chekadi.
Eslatib o‘tamiz, MYu Darmianni 2015 yili "Torino"dan 20 mln evroga sotib olgandi.
So‘nggi mavsumda, himoyachi APLning 6 ta bahsida maydonga tushdi.
Fikrlar