
MYu dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri bilan shartnoma imzolamoqchi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" 30 yoshli sloveniyalik posbonning transferiga qiziqish bildirmoqda.
Oblak "Old Trafford"da ispaniyalik hamkasbi David de Xea o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Aytish kerakki, de Xeaning MYu bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va tomonlar yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha kelisha olmayapti.
Yan 2014 yilning iyul oyidan beri “Atletiko” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Darvozabonning transfer narxi 40 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar