MYu hujumchisi maydonga tushishga tayyor!

  • 24 sentabr, 2021, 23:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani jarohatidan to‘liq tiklandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shilgan. Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher xabar berib o‘tdi.

"Kubok doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvdan keyin Edinson umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. U maydonga qaytishga tayyor",-dedi mankuniyaliklar murabbiyi.

34 yoshli urugvaylik hujumchi joriy mavsum MYu safida faqatgina bir marta maydonga tushdi. U so‘nggi bor 29 avgust kuni "Vulverxempton"ga qarshi o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!