
MYu "Lion" futbolchisini olib kelish uchun aloqalarni boshladi
"Manchester Yunayted" Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Korantin Tolisso bilan qiziqmoqda. Bu haqda "L’Equipe" nashri xabar berdi.
Manbani ma’lum qilishicha, mankunianliklar futbolchining atrofidagi shaxslar bilan aloqaga chiqqan. Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli frantsiyalik futbolchi shu yozda Turkiya jamoalaridan tushgan ikki taklifni rad etgan edi.
"Lion" rahbariyati Tolissoni saqlab qolishni xohlamoqda va kelasi mavsum jamoani aynan u atrofida shakllantirishni rejalashtirgan. Biroq, uning ketishi klubga maoshlar yukini engillashtirish imkonini berishi mumkin — hozirda u jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi sanaladi.
Tolissoga Saudiya Arabistoni Pro-ligasiga ko‘tarilgan "Neom" hamda Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Uning transfer bahosi taxminan 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar