MYu Maunt sotmoqchi emas
Meyson Maunt bu yozda "Manchester Yunayted"ni tark etmaydi. "Football Insider" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" 27 yoshli futbolchini yozgi transferlar oynasida sotish niyatida emas. Futbolchiga "Aston Villa" va "Fulxem" klublari qiziqish bildirmoqda.
Mountning jarohati ham "Manchester Yunayted"ni bezovta qilmaydi. Mount 2023 yilda "Chelsi"dan 67 million yevro evaziga mankunianliklar safiga o'tgan. Uning manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Angliyalik yarim himoyachi bu mavsumda jamoa safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va bitta golli uzatma bergan. Transfermarkt Mountning narxini 32 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar