MYu Meksika terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi, u Sanchesning o‘rnini egallaydi

  • 28 mart, 2019, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi PSV vingeri Irvin Losanoning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra “qizil iblislar” 23 yoshli meksikalik futbolchi uchun eyndxovenliklarga 40 million evro taklif qilishadi. Ta’kiddash kerakki MYu Losanoni “Old Trafford”da ishlari yurishmayotgan chililik forvard Aleksis Sanchesga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum PSV safida Gollandiya chempionatida 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!