MYu muammosini “Yuve” futbolchilari hal qilib beradi

  • 19 avgust, 2020, 19:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida “Yuventus”ning ikki futbolchisini olishga harakat qiladi.

Sulsher nishonida yarim himoyachi Duglas Kosta va himoyachi Aleks Sandro turibdi. Bosh murabbiy Turin klubida barqaror o‘yin ko‘rsatib kelayotgan bu ikki braziliyalik futbolchi yordamida maydondagi muammoli nuqtalarni yopishni maqsad qilgan.

“Yuventus”ni qabul qilib olgan Andrea Pirlo asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilaridan birma-bir voz kechayotganini inobatga olib, manchesterliklarga mo‘ljaldagi transferni amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Inglizlar har ikki futbolchi uchun turinliklarga 60 million funt taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!