MYu Portugaliya terma jamoasi hujumchisini o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 17 fevral, 2021, 15:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati "Ayntraxt" hujumchisi Andre Silvaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sky Germany nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 25 yoshli portugaliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Bu borada ularga "Milan" raqobat ko‘rsatishi mumkin. Boisi, “rossonerilar” ham o‘zining sobiq futbolchisini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Silva joriy mavsum "Ayntraxt" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Andre Portugaliya terma jamoasi safida  37 ta o‘yinda 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!