
MYu qishda "Tottenxem"ning 2 nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Tottenxema"ning birdaniga 2 nafar futbolchisi "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Daily Star nashrining xabar berishicha himoyachi Erik Dayer va vinger Lukas Moura faoliyatini “Old Trafford”da davom ettirishi mumkin. “Qizil iblislar” ushbu ikki futbolchini qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Moura “Tottenxem” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “shporlar” safida jami 66 ta o‘yinda ma ydonga tushdi va 18ta gol urishga erishdi.
Dayer esa 2014 yildan buyon “Tottenxem” futbolchisi hisoblanadi. U joriy mavsum hozircha birorta o‘yinda ham maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar