
MYu Ronalduni ortga qaytaradimi?
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida "Manchester Yunayted"ga qaytmaydi.
Manchester Evening News xabariga ko‘ra, MYu 35 yoshli futbolchini olib kelishni rejalashtirmayapti. Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar hech qanday muzokara o‘tkazmagan.
Oldinroq, Manchester klubi hujumchining qaytishiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Keyingi ma’lumotlarda Ronaldu "Yuventus"da shartnomaning oxirigacha qolmoqchi va uning oilasiga Italiyada istiqomat qilish qulayroqligi aytilmoqda.
Portugaliyalik futbolchi 2003-2009 yillarda ingliz klubi safida faoliyat olib borgan. Bu davr mobaynida 3 marta Angliya chempioni, 2 marta Angliya liga kubogi sohibi va 1 martadan Angliya kubogi hamda superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar