MYu sobiq futbolchisi jiddiy jarohat oldi

  • 2 mart, 2021, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa jarohat sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Tecno

23 yoshli futbolchi Bundesliga 23-turida "Frayburg"ga qarshi bahsda jiddiy jarohat oldi. Yaqin vaqtlar ichida Fosu-Mensa operatsiya qilinadi. Ta’kidlanishicha, uning tiklanish jarayoniga bir necha oy kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Fosu-Mensa nemis klubiga "Manchester Yunayted"dan qishda ko‘chib o‘tgan edi va ortda qolgan davr mobaynida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!