MYu to‘purar hujumchi bilan kelishib oldi

  • 6 avgust, 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Benyamin Sheshko bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “qizil iblislar” “Leyptsig” hujumchisi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan. Kelishuv 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar hali davom etmoqda.

MYu boshida Sheshko uchun 75+10 million evro ko‘rinishida taklif jo‘natib rad javob olgan edi. Hozirda jamoa takliflini yaxshilagani va bonuslarsiz 80 million evro to‘lashga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!