
MYu uni chegirma bilan sotib olishi mumkin
Uelslik yarim himoyachi Aaron Remzi yozda Angliya chempionatiga qaytishi mumkin.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "Yuventus" Remzining transferi uchun "Manchester Yunayted"ga chegirma qilishga tayyor.
Yarim himoyachi xizmatlariga MYudan tashqari Angliyaning boshqa bir klubi "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Remzi turinliklar libosida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, uch gol va bir golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar