MYu va "Arsenal"ning e’tibori bir futbolchiga tushdi

  • 16.04.2019 13:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amsterdamning "Ayaks" klubi vingeri David Neres faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Ularning ikkalasi ham tez orada ushbu masala yuzasidan “Ayaks” bilan bog‘lanib, yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida Neresni sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neresga shuningdek "Chelsi", "Everton" va "Borussiya" Dortmund kabi jamoalardan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Ayaks” esa uni 52 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Neres joriy mavsum Amsterdam klubi safida jami 46ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!