
MYudan ketgan murabbiyga 3 ta APL klubi qiziqmoqda
Yaqindagina “Manchester Yunayted”ni tark etgan Rud van Nistelroy Angliya Premer-ligasida qolishi mumkin.
Football Insider xabar berishicha, niderlandiyalik mutaxassisga APLning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda. Ular “Kristal Pelas”, “Vulverxempton” va “Sautgempton” klublari.
Eslatib o‘tamiz, Nistelroy Erik ten Hag bo‘shatilgach, “qizil iblislar”ni vaqtinchalik boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa 4 ta o‘yindan 3 tasida g‘alaba va bitta durrang natija qayt etdi.
Fikrlar