MYuga kerak bo‘lmagan futbolchi "Barselona"ga o‘tishi mumkin. Kuman shogirdini yangi jamoasida kutmoqda

  • 7 sentabr, 2020, 22:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" klubi hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda xorij nashrlari xabar berdi.

Tecno

Manbalarda yozilishicha, futbolchi "Lion"ning shartnoma uzaytirish borasidagi taklifiga javob bermagan. Shuning uchun Frantsiya klubi Depayni ketkazib yubormoqchi. Ammo tekinga emas. Niderlandiyalik hujumchining "Lion" bilan tuzgan shartnomasi keyingi yili tugaydi.

Frantsiya tomoni futbolchini kutayotgan "Barselona" vakillari bilan muzokara boshlash niyatida. O‘z navbatida kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasidagi shogirdini yana shug‘ullantirmoqchi.

Memfis Depay 2017 yili "Manchester Yunayted"dan "Lion"ga ko‘chib o‘tgandi.      

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!