
Myuller Kasilyasni ortda qoldirdi. Endi navbat Ronalduga
Kecha Myunxenning “Bavariya” klubi EChL guruh bosqich doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o‘ynadi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Nemis klubi safida surayotgan tajribali hujumchi Tomas Myuller mazkur o‘yinda ishtirok etdi.
Bu g‘alaba Myuller uchun Chempionlar ligasidagi 102-g‘alaba bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 34 yoshli forvard "Real" va "Portu"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bu borada rekordchi - portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 38 yoshli to‘purar Chempionlar ligasida 115 ta g‘alabaga erishgan.
Fikrlar