Myullerga APL klubidan taklif tushmoqda

  • 8 fevral, 2022, 10:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Bild nashrining xabar berishicha, 32 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" jiddiy qiziqib qolgan. “Qarg‘alar” allaqachon ushbu futbolchining transferi masalasida nemis grandi bilan aloqaga chiqishgan.

Myullerning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa “Nyukasl”ga taxminan 25 million evroga tushishi mumkin.

Tomas joriy mavsum “Bavariya” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!