
Nagelsmann: "Yarim finalga o‘tishni istaymiz"
Bugun "Evro-2024"ning chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya - Germaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahsi oldidan nemislar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu final emas, chorak final. Biz yarim finaldagi jamoalardan biri bo‘lishni xohlaymiz. Ispaniya ham chempion bo‘lishni xohlaydi, shuning uchun ham qiyin o‘yin bo‘ladi. Ikkala jamoa ham to‘pni nazorat qilishni yoqtiradigan, yaxshi qarshi pressing qiladigan va raqiblarini bosim ostida qoldirishlari mumkin bo‘lgan jamoalardir", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. Mazkur to‘qnashuv g‘olibi Portugaliya yoki Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar