Nahotki?! "So‘g‘diyona" Baqoev qo‘l ostida 40,18 foiz o‘yinida g‘alaba qozongan (statistika)

  • 6 noyabr, 2022, 20:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sal avval, "So‘g‘diyona" jamoasi bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoevni iste’foga chiqargani haqda xabar bergan edik. Biz sizga "bo‘rilar" ushbu mutaxassis qo‘l ostida qanday statistika qayd etgani borasida ma’lumot beramiz.

Tecno

Unga ko‘ra, jizzaxliklar Baqoev boshqaruvi ostida 98 ta o‘yinda maydonga tushgan. 41 ta o‘yinda g‘alaba qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, 32 bahs durang bilan yakun topgan. Yana 25 bellashuv Baqoev jamoasining mag‘lubiyati bilan yakun topgan. 

Foizda hisoblaydigan bo‘lsak, 40,18 foiz uchrashuvlarda Jizzax klubi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Aslida, bu quvonarli natija emas.

Biroq baribir "So‘g‘diyona" aynan shu mutaxassis qo‘l ostida ligada qolish uchun kurashayotgan bir klubdan chempionlik uchun raqobatlashadigan jamoaga aylangani ham haqiqat.

baqoev statistika

 

Manba: "So‘g‘diyona" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!