Namanganda "Osiyo Kubogi-2023" saralash bosqichi oldidan yig‘ilish o‘tkazildi

  • 1 iyun, 2022, 08:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 8-14 iyun kunlari Namangan shahrida 2023 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogining saralash bosqich bellashuvlari o‘tkaziladi. Qit’a birinchiligining saralash bahslarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha «Markaziy» stadion majlislar zalida tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tecno

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Abdurazaqov, shunigdek, mas’ul tashkilot va mehmonxona rahbarlari qatnashishdi.

ufa2_6

Yig‘ilishdagi asosiy masala Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadigan jamoalarni yuqori saviyada kutib olish, mehmonxonalarda qulay sharoitlarni yaratish, o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionga borib-kelish yo‘llarida qulay sharoitlarni tashkil etish masalalari o‘rtaga tashlandi. Bundan tashqari, mashg‘ulotlarni o‘tkazish maydonlarining shayligi bo‘yicha tegishli tashkilot mas’ullariga topshiriqlar berildi.

O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!