Nani: "Aktobe" bilan yangi cho‘qqilarni zabt etishni istayman"
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Nani "Aktobe"ga o'tganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
39 yoshli futbolchi Qozog'iston klubi bilan yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
"Men "Aktobe"ga qo'shilganimdan juda xursandman va klub hamda Qozog'iston futbolini rivojlantirishga o'z hissamni qo'shish imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman. Klub egasi Nurlan Artikbaevga, boshqaruv raisi Arman Ospanovga va hokim Askhat Shaxarovga iliq qabul va qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiraman.
Klubning kelajakka qaratilgan rejalari meni juda hayratga soldi. Biz uyda ham, xalqaro maydonda ham yangi cho'qqilarni zabt etishimiz uchun bor kuchim bilan mehnat qilaman", — deb yozdi Nani ijtimoiy tarmoqda.

Fikrlar