Naomi Osaka endi Serena Uilyams bilan o‘ynaydi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Toronto shahrida o‘tayotgan "Premera" turkumiga kiruvchi musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.
Naomiga uchinchi davrada polshalik Iga Svyontek qarshilik ko‘rsatdi. Biroq ushbu o‘yinda Osaka 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Rogers Cup"ning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Osaka amerikalik Serena Uilyams bilan kuch sinashadi.

Fikrlar