
Naomi Osaka ikkinchi g‘alabasini nishonladi
Melburn shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida uchinchi davra ishtirokchilari aniqlanmoqda.
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka musobaqadagi ikkinchi o‘yinida xitoylik Chjen Saysayga qarshi kortga chiqdi. Unda Osaka raqibini 6:2, 6:4 hisobida engdi.
Endi 22 yoshli Osaka "Australian Open" turnirining navbatdagi bosqichida amerikalik Kori Goffga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar