
Naomi Osaka "taxt"ni bo‘shatishi mumkin
Xalep mazkur musobaqani jahonning uchinchi raketkasi sifatida boshlagan edi, ammo yaponiyalik Naomi Osakaning AQShdagi turnirni erta tark etgani tufayli ruminiyalik tennischi WTA reytingida peshqadamga aylanishi mumkin.
Buning uchun u bugun ushbu turnir yarim finalida xitoylik Van Tsyanni mag‘lub etishi talab etiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur bellashuv g‘olibi finalda Karolina Plishkova (Chexiya) – Marketa Vondroushova (Chexiya) qarama-qarshiligida g‘alaba qozongan tennischiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar