"Napoli" Antonio Konte o‘rniga to‘rtta nomzod topib qo‘ydi
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum yakunida iste'foga chiqishi mumkin. U Italiya terma jamoasi safida ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko'ra, "Napoli" rahbariyati allaqachon italyalik mutaxassis bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ma'lum bo'lishicha, "ko'klar" Konte o'rniga to'rtta nomzod ham topip qo'ygan. Klub Enzo Mareska (ishsiz) va Vinsentso Italyano ("Bolonya") nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, ro'yxatda Daniele de Rossi ("Jenoa") va Fabio Grosso ("Sassuolo") ham bor.
Ma'lumot uchun, "Napoli" ayni vaqtda A Seriya turnir jadvalidа 31 ta turda 65 ochko jamg'arqan holda ikkinchi o'rinni egalab turibdi.
Fikrlar