
"Napoli" "Borussiya" straykerini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Napoli" jamoani tark etgan Xvicha Kvaratsxeliya o‘rniga futbolchi qidiryapti. Klub "Borussiya" a’zosi Karim Adeyemiga jiddiy qiziqish biildirmoqda, deya xabar berdi insayder Patrik Berger.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer uchun neapolliklar 40 million evro sarfalashga tayyor. Ammo Dortmund klubi bu taklifni qabul qilmasligi mumkin. Shu bilan birga, hujumchi ham qishda jamoasini o‘zgarish niyati yo‘q.
"Napoli"da boshqa variantlar ham bor. Avvalroq, italiyaliklar Alexandro Garnachoni kuzatib borayotgani haqida mish-mishlar chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Adeyemi ushbu mavsum 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar