"Napoli" imkoni bo‘la turib, Xolandni sotib olmagan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" jamoasi hozirda "Manchester Siti"da to‘p tepayotgan Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin edi. Bu haqda klub sport direktori Kristiano Gintoli quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Zaltsburg" bilan allaqachon kelishuvga erishgandik. Biz 25 million evro to‘lov qilishimiz kerak edi. 

Xoland va Osimxen - klub uchun asosiy maqsad bo‘lib turgandi. Ammo Erling "Borussiya" Dortmund variantini ma’qul ko‘rdi. Shundan so‘ng biz Viktorni sotib oldik. O‘sha paytda ikkalasining darajasini teng, deb hisoblaganmiz", - dedi Gintoli.

Eslatib o‘tamiz, Osimxen "Napoli"ga 2020 yil "Lill"dan 40 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!