"Napoli" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshiradi
Eyndxovenning PSV klubi hujumchisi Irving Losano faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Italiya vitse-chempioni 24 yoshli meksikalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Losanoning transferi uchun neapolliklar golland grandiga 42 mln evro to‘lashadi. Uning o‘ziga esa 43 mln evro maosh to‘lashadi, agent Mino Rayola esa 5 mln evro xizmat haqi oladi. Shu tariqa Losano “Napoli”ga jami 90 mln evroga tushadi.
Tez orada Losano tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga keladi.
Ma’lumot uchun, Irving Losano PSV safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 79ta o‘yinda maydonga tushdi va 40ta gol hamda 23ta golli uzatmaga mulliflik qilishga erishdi.
Fikrlar