
“Napoli” qishda Belottiga 40 million evro taklif qiladi
Neapolning “Napoli” klubi qishki transfer davrida o‘z tarkibini Italiya terma jamoasi hamda “Torino” klubi hujumchisi Andrea Belotti bilan kuchaytirmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat jamoa hujumchisi Arkadiush Milikning uzoq muddatga safdan chiqqani bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, neapolliklar “Torino” bilan Belotti borasida aloqaga chiqqan.
Aytish kerakki, “Napoli” Belottiga qiziqayotgan yagona jamoa emas. Italiyalik mohir hujumchini APLning uch jamoasi – “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Lester” ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Belotti ushbu mavsum Italiya A Seriyasida jami 11ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 10ta gol va 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan
Fikrlar