"Napoli" "Real"ga taklif yubormoqchi

  • 26 iyun, 2020, 17:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda AS nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining o‘zi ham Italiya chempionatida to‘p surishga qarshi emas. Neapol klubi kolumbiyalik futbolchi uchun kurashda "Atletiko"ni mag‘lub etishlari kerak bo‘ladi.

Joriy mavsumda Rodriges "Real" safida 14 o‘yinda 1 gol va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt.com portali 28 yoshli futbolchining transfer summasini 32 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!