"Napoli" "Real"ning 4 nafar futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 2 iyun, 2019, 19:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining naqd 4 nafar futbolchisi "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklarning e’tiborini himoyachilar Teo Ernandes va Nacho Fernandes, shuningdek, yarim himoyachilar Dani Sebalos va Markos Lorentelar o‘ziga tortmoqda. Aytish kerakki, “qirollik klubi” ham ushbu futbolchilarni transferga qo‘yishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real”ning kolumbiyalik futbolchisi Xames Rodrigesni jamoasiga olib kelmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!