"Napoli" yaqin soatlar ichida o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshiradi

  • 14 iyul, 2020, 22:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" klubi forvardi Viktor Osimxen yangi mavsumni "Napoli"da boshlaydi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya grandi 21 yoshli nigeriyalik to‘purar uchun frantsuz klubiga naqd 81 mln evro to‘laydi. E’tiborlisi, Osimxen shu tariqa “Napoli” tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

Hozircha neapolliklarning eng qimmat xarida Gonsalu Iguain bo‘lgan. “Napoli” uni 2014 yil “Real” Madriddan 39 mln evroga sotib olgan edi.

Osimxen “Lill” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!