"Napoli" yulduzi jamoada qoladi

  • 23.06.2022 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali jamoasi bilan imzolaydigan yangi shartnomasi loyihasini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

"Biz ba’zi o‘yinchilardan voz kechamiz va kelasi mavsumda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi. Lekin men "Napoli" chempionlik poygasida qatnashishi uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilishga tayyorman", - dedi Kulibali BBC Sport Africa ga bergan intervyusida.

Bu so‘zlardan kelib chiqadiki, 31 yoshli senegallik futbolchi kamida 2023 yilning yoziga qadar “Napoli”da qoladi. Avvalroq, futbolchi uchun "Yuventus" va "Barselona" da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi. Biroq afrikalik himoyachi “Napoli”ga sodiqligi tufayli “Yuventus”ga o‘tmasligini ma’lum qildi.

Kulibali neapolliklar safida 2014 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!