"Nasaf" - "Oloy": Zaxiradan maydonga tushgan Aliqulov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi (matnli translyatsiya)

  • 14 may, 2021, 16:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Kubogi guruh bosqichining 1-turida "Nasaf" "Oloy" (Qirg‘iziston)ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu sahifa orqali o‘yinni onlayn matnli translyatsiyada kuzatib borishingiz mumkin. Uchrashuvning xavfli vaziyatlarini o‘tkazib yubormaslik uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi. 

Tecno

YaNGILASh


90. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi. 

90+. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi. 

89. Tomonlar u qadar katta kuch sarflamasdan o‘yinni yakunlab qo‘ymoqchi. 

86. O‘yin oxiri shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tayotgandek. 

83. "Oloy" hujumda. Nominal mehmonlar "Nasaf" jarima maydoni atrofida to‘pni nazorat qilishga urunib ko‘rmoqda. 

80. "Nasaf" hamon hujumda faol. Raqiblarda hujumga o‘tish uchun umuman ishtiyoq qolmadi. 

78. Zoirov va Sa’dullaev Norchaev va Kmilov o‘rnida harakat qiladi. 

75. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Aliqulov Nasrullaevning qanotdan uzatgan to‘pini boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Sherzodning harakatlariga tasanno!

73. Suhrob Nurilloev raqibidan chiroyli tarzda o‘tib ketdi. Ammo uning uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarib yuborildi. 

70. O‘zgarishlar. Aliqulov Saitov o‘rniga maydonga tushdi. Yo‘ldoshev esa Bozorov o‘rnida harakat qiladi

68. "Oloy" sardori yana tibbiy yordamga muhtoj. 

66. "Oloy" o‘yinni biroz jarima maydoni atrofidan uzoqlashtirishga erishdi. 

64. GOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Stanoevichning ajoyib harakatlaridan so‘ng, Norchaev bo‘sh darvoza qarshisida qoldi. Husayn ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

63. Eshmurodovning zarbasi darvozabon tomonidan ushlab olindi. 

60. "Nasaf" to‘xtamoqchi emas. Qirg‘izistonliklar hujumga chiqib keta olmayapti. 

58. GOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Shohmalik Komilov Bozorovning ajoyib uzatmasini golga aylantirdi. 

56. Stanoevich burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. 

54. Hamon qarshiliklar hujum uyushtirmoqda. 

52. GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Suhrob Nurilloev hisobni ochmoqda. Nasrullaevdan golli uzatma. 

52. Komilov yana bir noaniq zarba berdi. Ichkariga kirishga harakat qilib ko‘rgan ma’qul emasmikan?!

49. Stanoevichning yana bir zarbasi noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi. 

45. Tanaffus. 

45+. Birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi. 

44. Saitovning o‘ng qanotdagi faolligi markazda Stanoevichning zarbasi bilan yakunlandi. Biroz kuchsiz. 

42. "Nasaf" futbolchisining yana bir zarbasi noaniq ketdi. Ushbu zarba maydon markazidan berildi. Ko‘rsatma shunday bo‘lgan ko‘rinadi. 

41. "Oloy" futbolchisi tibbiy yordam olmoqda. 

40. Bozorov jarima maydoniga chap tarafdan yorib kirdi, ammo so‘nggi uzatmani darvozabon qaytarib qoldi. 

38. VAAAUUU! Stanoevichning jarimadan tepgan to‘pi yana darvoza to‘siniga tegdi. 

37. Yaxshi jarima zarbasini amalga oshiramiz. To‘p raqib tomonidan qo‘l bilan o‘ynaldi. 

35. Komilovning yana bir kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 

33. Komilov uzoq masofadan noaniq zarba berdi. Bugun u shu kabi zarbalarni ko‘plab bermoqda. 

31. SEYV! Ne’matov Yagrning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib hujumchisi birga-bir vaziyatga chiqarib qo‘yildi. 

29. Mehmonlar qarshi hujumda faollashib qoldi. 

27. Stanoevichning bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. 

26. Komilovning zarbasi noaniq ko‘rinish oldi. 

23. Bozorovning uzatmasi noaniq ketdi va hujum uzilib qoldi. 

20. Futbolchilarimiz so‘nggi pasni berishda adashmoqda. Ungacha bo‘lgan jarayon ajoyib tarzda o‘tkazilmoqda. 

17. Qirg‘iziston klubi to‘pni olib qo‘ya olmpayapti. 

14. "Nasaf"ning hujumlari xavfli ko‘rinish oldi. Saitovning zarbasi noaniq. 

12. Raqib darvozaboni yana bir xavfli zarbamizni qaytarishga erishdi. 

10. Mozgovoy qulay vaziyatda to‘pni qabul qilib oldi. Zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. 

7. Burchak zarbasidan so‘ng, "Nasaf" futbolchisining zarbasini darvozabon chiziqdan qaytarib qoldi. Gol bo‘lgandek ham ko‘rindi. VAR yo‘q: o‘yinni davom ettiramiz. 

5. "Oloy" qarshi hujumlarga tayangan holda o‘ynamoqda. 

3. Ilk daqiqalarni "ajdarlar" hujumda faol tarzda o‘tkazmoqda. 

1. O‘yin boshlandi. 

16:55. Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari. "Nasaf" OFK Kubogidagi yurishini boshlamoqda. Qarshiliklarning "Oloy"ga qarshi bahsini ushbu sahifa orqali matnli translyatsiyada kuzatib borishingz mumkin. Uni Abdulvosid Valixonov e’tiboringizga havola etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!