
"Nasaf" - "Paxtakor": Klublar o‘zaro ketma-ket 4-bor Superkubokda to‘qnash kelishmoqda
Bugun O‘zbekiston Superkubogida "Nasaf" va "Paxtakor" klublari o‘zaro kurash olib borishadi. Mazkur bahs ushbu jamoalar ishtirokidagi ketma-ket 4-Superkubok bahsi hisoblanadi. Ikitasida "sherlar" zafar quchgan bo‘lsa, Berdiev shogirdlari o‘tgan yili bu an’anaga nuqta qo‘ydi.
2021 yil
Superligani qo‘lga kiritgan "Paxtakor" bahorning ilk oyida Superkubok uchun qarshiliklarga qarshi maydonga tushib, Dragan Cheranning yagona goli evaziga zafar quchgandi. 50-daqiqada Farrux Sayfievning qanotdan uzatgan pasidan so‘ng hujumchi "Nasaf" darvozasini ishg‘ol qilgan.
Jamoalarning tarkibi
2022 yil
Yana bir bor Superliga chempioniga aylangan "Paxtakor" ketma-ket ikkinchi marta "Nasaf" bilan Superkubok uchun kurash olib borishiga to‘g‘ri keldi. Mazkur bahs Piter Xyustra ketganidan keyin Slavche Voyneskining debyut o‘yini edi va birinchi uchrashuvining o‘zidayoq u sovrin yutishga muvaffaq bo‘ladi.
Bu safar 61-daqiqada yana chap qanotdan uzatilgan to‘pni Cheran boshi bilan darvozoga joylab qo‘ydi va jamoasinig muhim g‘alabasiga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Jamolar esa o‘sha o‘yinni mana shunday tarkib bilan boshlagandi.
2023 yil
3-bor bu jamoalar Jizzaxda to‘qnash kelishdi. "So‘g‘diyona" stadionida bo‘lib o‘tgan Superkubok uchrashuvida Qarshi klubining qo‘li baland keladi.
Dastlab, 8-daqiqada Banashak hisobni ochishga muvaffaq bo‘ladi. Taym so‘nggida esa Bozorov imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 66-daqiqada Stanoevich g‘alaba golini uradi. Shu tariqa, "Nasaf" qora an’anasiga nuqtani qo‘ygandi.
2024 yil
Mana 4-yildirki "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun to‘qnash kelishmoqda. Bu safargi bahs Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Sherlar" o‘tgan o‘yin alamini olish, qashqadaryoliklar esa ketma-ket ikkinchi marta Superkubokni yutish uchun maydonga tushishadi.
Fikrlar