"Nasaf" "Yenisey" jamoasiga yirik hisobda yutqazdi
"Nasaf" jamoasi Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida 6-nazorat uchrashuvini oʻtkazdi.
Kunning ikkinchi yarmida "ajdarlar" Rossiyaning "Yenisey" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 6:1 hisobida magʻlub boʻldi. Qarshiliklar safida yagona golni Bobir Abdixoliqov kiritdi.
Shu tariqa, Roʻziqul Berdiev shogirdlari bugungi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida yutqazdi. Polshaning "Medz" jamoasiga qarshi esa durang qayd etilgan edi.
Fikrlar