
"Nasaf" futbolchisi ajoyib natija qayd etdi. U bu mavsum chempionlikka, kumush va bronza medallariga ega chiqdi
"Nasaf" jamoasi tarkibida joriy mavsumda debyut qilgan Husayn Norchaev ajoyib natija qayd etdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi ushbu mavsumda Superliga, U-18 hamda U-21 birinchiligida ham ishtirok etdi. Norchaev U-18 jamoasi tarkibida O‘zbekiston chempionligini, U-21 birinchiligida bronza medalini, bosh jamoa tarkibida Superliganing kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Husayn Norchaev Superligada uchta gol urgan bo‘lsa, U-21 birinchiligida ham darvozalarni aynan shuncha ishg‘ol qildi. U-18 birinchiligida raqib darvozasiga bir marotaba yo‘l topa olgan.
Fikrlar