"Nasaf" Marushich bilan xayrlashdi

  • 12.12.2024 19:31
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Zoran Marushich "Nasaf"ni tark etdi!

Joriy mavsumda qarshiliklar safiga kelib qo‘shilgan va 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan hujumchi Zoran Marushich jamoani tark etdi.

"Futbolchiga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan holda uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", - deydi "Nasaf" o‘zining rasmiy sahifasida. 

Marushich faoliyatini O‘zbekistonning boshqa bir klubi "Neftchi"da davom ettiradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!