"Nasaf" muxlislari uchun xushxabar!

  • 29 fevral, 2024, 12:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliga 2024 yilgi mavsum start oladi. 

Tecno

Birinchi turda muxlislar Qarshida bo‘lib o‘tadigan "Nasaf" - "Olimpik" qarama-qarshiligaga guvoh bo‘ladi. O‘yin oldidan "ajdarlar" muxlislari uchun xushxabar.

"Ertaga barchamizni sovuq havoda qaynoq futbol uchrashuvi kutmoqda. “Nasaf” futbol klubi muxlislarni quvontirish maqsadida Superliganing 1-turi “Olimpik”ga qarshi bellashuvga kirishni bepul deb e’lon qiladi (CIP sektoridan tashqari barcha sektorlarga kirish bepul). Ertangi futbol bayramiga tashrif buyuring va jamoamizni qo‘llab-quvvatlang", - deya xabar berdi qarshiliklar matbuot xizmati. 

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv soat 19:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
chorvoq
01/03/2024 07:42
Ўрнак бўладиган иш бўпти, қойил
&
Каримов Хайрулло
29/02/2024 18:53
Омад НАСАФ
&
mirzohid1992
29/02/2024 16:34
Nasaf olg'a
Азимов Хасанбой
29/02/2024 13:52
Нефтчига хам омад тилаган холда бизни Фаргонада бирор марта бепул кирганимизни эслолмайман.