
"Nasaf" muxlislari uchun xushxabar! Klub tajribali yarim himoyachining Qarshiga qaytganini e’lon qildi (foto)
Sharof Muhitdinov “Nasaf”ga qaytdi! Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, tajribali yarim himoyachi Sharof Muhitdinov jamoamizga qaytdi.
Futbolchi klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Yarim himoyachi 2024 yil oxirigacha qarshiliklar sharafini himoya qiladi.
O‘z uyingga xush kelibsan, Sharof!", - deyiladi "ajdarlar" matbuot xizmati bergan xabarda.
Fikrlar