
"Nasaf" OFK kubogidagi kecha qancha pul ishlab olgani ma’lum. Agarda jamoa finalda ham g‘alaba qozonsa, bu summa ikki barobar oshadi
Kecha "Nasaf" OFK kubogi yarim finalida Gonkongning "Li Man" jamoasini qabul qildi. Bellashuvda qarshiliklar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
"Ajdarlar" dastlab 2 ta gol urgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlar muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha taymlarda esa Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari gol urib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng "Nasaf" 750 ming AShQ dollari ishlab oldi. Agarda finalda ham vakillarimiz zafar quchsa, bu summa 1 million 500 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Endi qarshiliklar 5 noyabr kuni Bahraynda "Al-Muharraq" bilan finalda to‘qnash keladi.
Fikrlar