
"Nasaf" o‘rtoqlik o‘yinida birinchi liga jamoasini ayab o‘tirmadi
Bugun "ajdarlar" FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, birinchi liga peshqadami Surxondaryoning "Qiziriq" jamoasi bilan bellashdi. Nazorat uchrashuvida "Nasaf" yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qarshiliklar ertaga G‘uzorda "Sho‘rtan"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv 17:30 da boshlanadi.
05.09.2024. Qarshi. «Nasaf» o‘quv-mashg‘ulot bazasi
Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - "Qiziriq" - 7:0
Gollar: S. Cholovich 8ʼ (1:0), J. Jigauri 17ʼ (2:0), A. Ahrorov 26ʼ (3:0), V. Da Silva 28ʼ (4:0), A. Ahrorov 33ʼ (5:0), J. Jigauri 53ʼ (6:0), D. Narzullaev 77ʼ (7:0).
"Nasaf": Umidjon Ergashev, Dilshod Komilov, Murodjon Rahmatov, Zafarmurod Abdirahmatov, Stefan Cholovich, Viktor Da Silva, Igor Golban, Sardorbek Bahromov, Bahodir Halilov, Jambuli Jigauri, Azizjon Ahrorov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Adxam Musulmonov, Behruz Haydarov, Shahzod Akramov, Doniyor Narzullaev.
"Nasaf" matbuot xizmati.
Fikrlar