"Nasaf" o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Coca-Cola Superligamizda yuzaga kelgan tanaffusdan klublarimiz unumli foydalanish maqsadida nazorat uchrashuvlarini o‘tkazmoqda.
Jumladan, “Nasaf” o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida o‘rtoqlik bellashuvida ham ishtirok etdi. Kuni kecha qarshiliklar Jamshid Saidov boshqaruvidagi “Buxoro” bilan kuch sinashdi. Gollarga boy tarzda o‘tgan bahsda “Nasaf” 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Javohir Shokirovning dubli, Muhriddin Zoirov hamda Dilshod Rahmatullaevning kiritgan gollariga buxoroliklar bir bor javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” jamoasi Superliganing 23-turini 20 noyabr kuni “So‘g‘diyona” maydonida o‘tkazadi.

Fikrlar