"Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Jamoa Turkiyada 6 ta o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashadi

  • 5 yanvar, 22:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining “Nasaf” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

"Yangi mavsumda chempionlikni himoya qilishni maqsad qilgan “ajdarlar” 3 yanvardan boshlab, Qarshidagi qarorgohlarida yig‘ilishdi va mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tishmoqda. Murabbiylarimiz jamoani tark etgan futbolchilar o‘rnini to‘ldirish uchun selektsiya ishlarini ham olib borishmoqda. “Nasaf” yanvar oyida mashg‘ulotlarni Qarshida olib boradi.

Tayyorgarlikning ikkinchi qismi fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi. Antaliyadagi o‘quv mashg‘ulot yig‘ini doirasida xorij jamolari bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Jamoamizga “Liepaja” (Latviya), “Veres Rivne” (Ukraina), “Fakel” (Rossiya), “Baltika” (Rossiya), “Shaxtyor” (Qozog‘iston) va “Spartak” (Moskva) jamoalari raqiblik qilishadi", - deya yozdi klub matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!