"Nasaf" – "Metallurg". O‘zaro o‘yinlardagi statistika kimning foydasiga ishlaydi?

  • 6 iyul, 2020, 18:26
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Coca-Cola Superligasi 8-turida "Nasaf" Qarshida "Metallurg" bilan kuch sinashadi. Bellashuv oldidan klub matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 44 ta uchrashuvda to‘qnash kelishgan. Shulardan 27 tasida qarshiliklar g‘alaba qozongan, 11 uchrashuvda bekobodliklarning qo‘li baland kelgan. 6 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 74:36 "ajdarlar" foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda "Nasaf" 87, "Metallurg" 39 ochko jamg‘argan.

Ikkala jamoalar to‘qnashuvida qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: "Nasaf" – "Metallurg" 7:0, "Metallurg" - "Nasaf" 3:0.

E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

31.07.2019 "Nasaf" – "Metallurg" - 1:2
30.03.2018 "Nasaf" – "Metallurg" - 1:1
04.11.2017 "Nasaf" – "Metallurg" - 2:0
30.09.2016 "Nasaf" – "Metallurg" - 3:0
15.05.2015 "Nasaf" – "Metallurg" - 0:1
27.04.2014 "Nasaf" – "Metallurg" - 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
06/07/2020 18:51
Nasaf shunchaki super kamanda shunoqa Uzbekistonga. 5ta klub bulsa. Uzbek fudboli osiyoni zab etardi