
«Nasaf» – “Moxun Bagan” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Uning narxi ham ma’lum
Bugun "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi doirasida Hindistonning “Moxun Bagan” klubi bilan kuch sinashadi.
Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi bugungi bellashuvga muxlislar kirishiga ruxsat berdi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq holat hali butkul chekinib ulgurmaganligi sababli bugungi bellashuvga muxlislar cheklangan holda kiritiladi va ulardan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilishlari so‘raladi.
Chiptalarni hoziroq o‘yingoh kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Chipta narxi - 25 000 so‘m, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
«Nasaf» futbol klubi keyingi futbol uchrashuvlariga ko‘proq muxlislar kiritilishiga harakat qiladi va keltirilgan noqulayliklar uchun barchadan uzr so‘raydi.
Chiptalar faqat 5, 6, 7, 8, 9-sektorlar uchun chiqarilgan!
Fikrlar