"Nasaf"ning g‘alabali seriyasi o‘z nihoyasiga etdi

  • 29 sentabr, 2024, 10:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin "Bunyodkor" va "Nasaf" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishdi. 

Tecno

Dastlab, ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib olgan "ajdarlar" ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishdi. Shu bilan birga, Muhitdinov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Mazkur duranggdan keyin "Nasaf"ning Superligadagi seriyasi o‘z nihoyasiga etdi. Klub so‘nggi marta "Metallurg" bilan murosa ko‘chasini tanlagandi. Shundan beri qashqadaryoliklar ketma-ket 7 ta o‘yin faqat g‘alaba qozongan bo‘lsa, shulardan 6 tasida gol o‘tkazib yubormagan. 

Ayni paytda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan jamoani keyingi turda "Surxon" kutib turibdi. Undan oldin esa o‘z maydonida "Shabab Al-Ahli"ga qarshi kurash olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!