
"Nasaf"ning guruh bosqichidagi o‘yinlari tugadi (yakuniy jadval)
Kecha OFK Kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda "Nasaf" Turkmaniston chempioni "Oltin Asr" jamoasini sinovdan o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
3 ta tur yakunlariga ko‘ra, qarshiliklar 9 ochko bilan 1-pog‘onani band etdi va Markaziy Osiyo mintaqasi finaliga yo‘llanma oldi.
Mintaqaning hal qiluvchi bahsida jamoamizga Turkmaniston vitse-chempioni "Axal" raqiblik qiladi.
Fikrlar